1984. Jorj Oruell

1984

Jorj Oruell

Reyting: 4.7

Baholar: 14 ta Taqrizlar: 1 ta Iqtiboslar: 2 ta

Janr: roman

Kitob haqida

1949-yilning 8-iyun kuni Jorj Oruellning mashhur “1984” romani dunyo yuzini ko‘rdi. Antiutopiya janridagi ushbu asar senzura, total nazorat, so‘z erkinligining yo‘qligi insoniyatni qay ahvolga keltirib qo‘yishini o‘ta mubolag‘ali va fojiali tarzda ko‘rsatib bergan. Kitob butun dunyoni larzaga soldi va umuminsoniy qadriyatlar rivojiga hissa qo‘shdi. Yangi tarixga, insoniyat madaniyatiga, ma’naviy va siyosiy qadriyatlariga bu darajada kuchli ta’sir o‘tkazgan asarlar barmoq bilan sanagulik. U ko‘plab tillarga o‘girildi va millionab nusxada chop etildi. “1984” 1988-yilda SSSRda taqiqlangan edi. Shu bois o‘zbek kitobxoni uni uzoq kutishiga to‘g‘ri keldi. Roman bir necha yil muqaddam nihoyat o‘zbek tiliga o‘girildi va ko‘p nusxada sotilib, shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Asl nomi Nineteen Eighty-Four
Birinchi chop etilgan yili 1949
Tili Ingliz

Taqrizlar

6-avgust, 2023

​​“Oʻtmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi, bugunni boshqargan oʻtmishni ham boshqaradi"

1984 asari birinchi marta 1949-yilda nashrdan chiqqan. Kitob nomidagi oxirgi 2 ta raqamni almashtirib koʻrsangiz qaysi totalitar tuzum haqida gap ketayotganini darrov anglaysiz. 

Ushbu anti-utopik asarda totalitar tuzumning qanday ishlashi boʻrttirilgan shaklda koʻrsatib berilgan. Syujetga koʻra, partiyaning oddiy aʼzosi Uinston Smit fikr jinoyatini qila boshlaydi. Keyinchalik fikr jinoyatidan real jinoyatga oʻtadi. Albatta, bu jinoyatlar faqatgina oʻsha tuzum uchungina jinoyat hisoblangan. Davomi... Judayam qiziq!

Lekin, spoylerlik yomon odat, shuning uchun qolganini oʻzingiz oʻqib olasiz;)

Ketma-ket anti-utopik asarlarni oʻqiyapman. Bu kitoblar jamiyatga va siyosatga boshqa koʻz bilan qarashimga imkon beryapti. Endi jamiyatimizdagi voqealarni koʻrib tez-tez ushbu asarlarni eslashni boshlayapman...

Jorj Oruellning bu kitobini dunyoqarashi kengayishini istaydigan har kim oʻqishi lozim, deb oʻylayman.

Bu kitob soʻzsiz shaxsiy reytingimda Top 3ga kirdi.

https://t.me/BiblioManiacuz

Iqtiboslar

10-dekabr, 2023
Olomon qanday fikrda yoki fikrda emas - bunga befarqlik bilan qaraladi. Ularga tafakkur erkinligini berish mumkin, chunki ularda aqlning oʻzi yoʻq.
20-fevral, 2024
Jorj Oruellning "1984" romanidan iqtiboslar: • Erkinlik ikki karra ikki to'rt ekanini ayta olishing. • Agar hamma ta’minot va farog‘at imkoniga ega bo‘lsa, avval qashshoqlikdan laqma bo‘lgan ulkan bir omma savod chiqaradi va mustaqil fikrlay
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz