Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Oʻtkir Hoshimov

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

Oʻtkir Hoshimov

Reyting: 4.5

Baholar: 23 ta Taqrizlar: 3 ta Iqtiboslar: 1 ta

Janr:

Kitob haqida

Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noma’lum, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. Ko‘nglimizdan kechadigan ana shu haqiqatlarni yodga soladigan mazkur kitob xuddi shu jihati bilan qalbimizga yaqin. O‘qing, ishoning, zero, har bir odam bolasi hayoti davomida kitobda qayd etilgan bitiklarga qayta va qayta duch kelaveradi… Bu bitiklar har insonning taqdirida takrorlanaveradi… Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu – siz va biz haqimizdagi kitob.
Asl nomi Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Birinchi chop etilgan yili 2006
Tili O’zbek

Taqrizlar

1-may, 2024

jud zo'r kitob menga yoqdi

Har bir satr, hikoyalar odamni o'ylashga chaqiradi. O'qishga juda yengil. Kitob o'qishni endi boshlamoqchi bo'lganlar uchun odat shakllantirishga qulay

27-yanvar, 2024

Zo'r asar. Har bir hikoyasi odamni o'ylab, fikr qilishga majbur qiladi. O'qishga juda ham oson.

Iqtiboslar

30-yanvar, 2024
Mevali daraxt o’ziga ishongani uchun yonida yangi nihol o’sib chiqsa, quvonadi. To’nka o’ziga ishonmagani uchun niholga g’ashlik qiladi. Biroq u xohlaydimi-yo’qmi, nihol o’saveradi!
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz