Jinoyat va jazo. Fyodor Dostoyevskiy

Jinoyat va jazo

Fyodor Dostoyevskiy

Reyting: 4.7

Baholar: 16 ta Taqrizlar: 1 ta Iqtiboslar: 1 ta

Janr: roman

Asl nomi Преступление и наказание
Birinchi chop etilgan yili 1867
Tili Rus

Taqrizlar

24-aprel, 2023

Hayotda insonni qo‘rquv va muhabbat boshqaradi, deyishadi. Asar mohiyatida ham aynan insonni mana shu ikki his boshqarishi haqida yoziladi. Qahramonni jinoyatga undagan va syujetni rivojlantirgan qo‘rquv bo‘lsa, uni hayotga qaytargan muhabbat ekani ma’lum.

Kitobxon asarni o‘qirkan, muallif inson ruhining tarjimoni ekanini sezadi. Chunki u inson qalbidagi eng go‘zal tuyg‘ularni ham, eng tuban kechinmalarni ham haqqoniy ochib bera olgan.

Kitob o‘zini kashf qilishni, yaxshi-yomon tomonlariga oyna tutishni istaganlar uchun.

Iqtiboslar

Odamni o‘zingdan nari itarganing bilan uni tuzatib bo‘lmaydi, buning ustiga yana u yosh bola bo‘lsa. Yosh bola bilan yana ham ehtiyotkorroq bo‘lib muomala qilish kerak.
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz