Makorim ul-axloq. Gʻiyosiddin Xondamir

Makorim ul-axloq

Gʻiyosiddin Xondamir

Reyting: 4.8

Baholar: 5 ta Taqrizlar: 1 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr:

Kitob haqida

“Makorim ul-axloq” (“Oliyjanob xulqlar”) asari Alisher Navoiyga minnatdorchilik ramzi sifatida yozilgan (lekin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmagan). “Makorim ul-axloq”da Xondamir Navoiyning yuksak insoniy fazilati, olijanob axloqi, asarlari, uning tashabbusi bilan qurilgan binolar, unga zamondosh shoir, olim va fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning oʻsha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.
Asl nomi Makorim ul-axloq
Birinchi chop etilgan yili 1501
Tili O’zbek

Taqrizlar

4-may, 2023

“Kimga alloh yaxshilikni istasa, unga yaxshi xulq beradi” - G‘iyosiddin Humomiddin Xondamir, “Makorim ul-axloq” asari.

Darhaqiqat insoniyat paydo bo’libdiki, eng go’zal holat bu odam bolasi yanada yaxshiroq bo’lishlikga, komillik sari intilishlikga qilgan harakatidir. Ulug‘ insonlarning  husni xulqi, fe’l-atvori va hayotiga qiziqish har doim ham kuchli bo‘lgan jumladan, Alisher Navoiy siymosiga ham. 

XX asrgacha Navoiy haqida yozilgan  asarlar borasida so'z yurutar ekanmiz, maxsus Navoiyga bag‘ishlangan asarlar ichida G‘iyosiddin Humomiddin Xondamir (1475–1535) qalamiga mansub “Makorim ul-axloq” (Olijanob xulqlar) asarini shox asar desak adashmagan bo’lamiz.

Asar nafaqat hazrat Navoiyning go’zal husni xulqi, hayoti haqida, balki ijodiy merosi, ijtimoiy-siyosiy va homiylik faoliyati haqida birmuncha batafsil ma’lumot beruvchi manbadir.  Muallif A.Navoiyning shogirtlaridan biri bo’lgan va ushbu asrani yozishni hali Navoiy hayotlik chog‘da (1500 yil) boshlagan. G‘iyosiddin Xondamir hayotida hazrat Navoiy juda muhum axamiyat kasb etgan va u zotni o’zini imlga yo’naltirgan homiysi va eng ulug’ ustozi deb bilgan. Biroq ushbu asarni ulug‘ shoirning bevaqt vafoti tufayli o‘ziga taqdim etolmagan. Navoiy kutubxonasida ishlagan Xondamir shoir umrining oxirgi yillarida u bilan ko‘p birga bo‘lgan, hatto, jon taslim etayotgan chog‘da ham hazrat hizmatlarida bo’lgan. Betakror daho insonning vafoti esa yosh tarixchini chuqur qayg‘uga soladi va bir qancha vaqt qo‘li ishga bormay yuradi. Faqat Sulton Husayn Boyqaroning talabi bilangina ushbu asarni tugatib, unga taqdim etadi.

Ushbu noyob asarning faqatgina yagona  nusxasi bizgacha yetib kelgan va hozirda u Londondagi "Britaniya" muzeyida saqlanadi. 1940-yili Alisher Navoiyning tavalludining 500 yilligini nishonlash arafasida yurtimizga ushbu asarning foto nusxasi olib kelinadi va tarjima qilinib,chop etiladi.

Asar muqaddima, o‘n maqsad ya’ni bob va xotimadan iborat. Asarda Navoiy tavalludidan vafotiga qadar bo‘lgan voqealar lo‘nda va go‘zal tarzda bayon etilgan. Har bir olijanob xulqlar haqida yozar ekan, ushbu go’zal xulq egasi sifatida Navoiy hayotidan misol taqriqasida qisqa hikoyalar berilgan va hoirning yuksak axloqiy fazilatlariga aniq misollar keltirilgan. 

“Makorimul-axloq”da Navoiyning biografiyasi emas, balki uning tarixi, fe’l-atvori masalasi birinchi o‘rinda turadi. Asarda qur’on oyatlaridan, go’zal xulq egasi bo’lgan payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) va u kishining sahobalari hayotlaridan, kishi hayotida husni xulq va ilm naqadar muhum axamyatli ekanligini yoritish maqsadida hikoya shaklida misollar berilgan. Bundan tashqari asarda Navoiyning boshqalarda kamdan kam uchraydigan odablari va kayfiyatlari haqida juda chiroyli tarzda tasvirlab berilgan.

Bugungi kunda barcha barkamollik yo’liga otlagan insonlar, ayniqsa yoshlar ushbu asarni o’qishi va uni ma’lum miqdorda o’z hayotiga tadbiq etishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero insonning chiroyli xulq-odobi uni shaxs sifatida naqadar munosib hayot kechirishligini belgilab beradi.

Iqtiboslar

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz