O‘tkan kunlar. Abdulla Qodiriy

O‘tkan kunlar

Abdulla Qodiriy

Reyting: 4.4

Baholar: 37 ta Taqrizlar: 5 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr: roman

Kitob haqida

Oʻtkan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan, va 1926-yilda alohida kitob holida chiqarilgan. 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan.
Asl nomi O‘tkan kunlar
Birinchi chop etilgan yili 1926
Tili O’zbek

Taqrizlar

13-aprel, 2024

электрон китобни ўзи борми бу ерда или фақат тақриз ёзиш учунми!?

30-mart, 2024

Mahmudjonova Mohina 

20-fevral, 2024

"O'tkan kunlar" asarini ilk bor o'qiganimda, kitobning so'ngida asarga Tohir Malik tomonidan yozilgan sharhni o'qib qoldim. Ushbu sharhni o'qimagunimcha,men "O'tkan kunlar" asarini shunchaki bir sevgi qissasi, muhabbat haqida yozilgan ilk o'zbek romani deb o'ylagan edim. Ushbu sharhni o'qib chiqqach asar haqidagi fikrim butunlay o'zgardi va asar yozilishining asl maqsadi va uning ostida yotgan xalq dardini tushunib yetdim. Sizga ham Tohir Malik tomonidan "O'tkan kunlar" romani haqida yozilgan mazkur maqolani o'qishni tavsiya qilaman. 

O'tkan kunlar romani haqida. 
   Tohir Malik 

Ularning jisman mahv etilganlariga ellik olti 
yil bo'libdi. O'shanda hazrat Abdulla Qodiriy qirq to’rt yoshda ekanlar. «Otgan kunlar» ro'monining yozilganiga esa yetmish yil boldi. Yozuvchi bilan birga asarga ham kishan urdilar. Asarni ham o'limga mahkum etdilar. Haq yo’lidagi asarni hech qanday hukmdor hech bir zamonda mahv etolgan emas. Abdulla Qodiriy ham, u zotning asarlari ham tirik qolaveradi.Kamina xizmatkoringizning maqsadi - «O'tgan kunlar» haqida uch-to'rt og'iz so'z aytish edi. Gapni to'g'ridan to'g'ri shundan boshlasam ham bolardi. Ammo Abdulla Qodiriy va uning safdoshlari otilgan kunni, onni eslamoq zarur edi. Chunki ularning olimlari tasodify emas, ular oxir-oqibat shu jar yoqasiga kelajaklarini bilganlar va bu holni asarlariga singdirganlar. 
«O'tgan kunlar» haqida balki yuzlab maqolalar yozilgandir. Tanqid qilingan, 
tahlil etilgan, maqtalgan maqolalarning ayrimlari bilan tanishman. Men adabiyotshunos olim emasman. Tahlillarga 
nonoqman. Men faqat Abdulla Qodiriyning muxlisiman. Shu bois u mo'tabar zotning asarlaridan olgan taassurotlarimnigina 
bayon qila olaman. Abdulla Qodiriy adabiyot olamida o'z maktablarini yaratganlar. Men shu maktabning boshlang'ich sinfidaman.Fikrlarim ham shu darajada - ma'zur tutgaysiz.  

Biz o'rta maktabda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini o'rganmaganmiz. Universitetda ham axborot tarzidagi maruzalarni tinglaganmiz. O'rta maktabda «Gulnor (yoki Zaynab, Farhod, Majnun...) - chin muhabbat egasi», degan mavzularda insholar yozganmiz. Farzandlarimiz esa «Otabek (yoki Kumush, Anvar, Rano...) - chin muhabbat egasi», degan mavzuda insholar yozdilar. Olimlarimiz nashr etgan ayrim maqolalarda ham shu holni uchratishimiz mumkin. Bu masalada ularga jiddiy e'tiroz bildirmoqchi emasmiz. 
«O'tgan kunlar» ro'mon tarzida (janrida) 
yozilgan. «O'tgan kunlar»ning poydevori - Otabek bilan Kumushning muhabbati. Men bu asarni shimoliy ummondagi bahaybat muz tog'iga - aysbergga o'shataman. Ma'lumki, bu tog'ning faqat cho'qqilari kozga tashlanadi, asosiy qismi esa ko'rinmaydi - suv ostida bo'ladi. Har bir ulug' asarning ulug’vorligini, umrini ana shu kozga korinmas qismi tamin etadi, deb o'ylayman. Abdulla Qodiriy qo’lga  qalam olganlarida ikki yoshning olovli 
muhabbatinigina bayon qilmoqchi bolganmikinlar? Agar maqsad shugina bo'lsa asar bu qadar ulug'vorlik kasb eta olarmidi Axir tariximizda ishqiy qissalar kam edimi? Eslaylik: Abdulla Qodiriy adabiyotga muhabbat kuychisi bo'lib kirib kelmaganlar. Fikrimizning dalili uchun «Juvonboz» deb atalgan hikoyalarini, «Baxtsiz kuyav» deb atalmish pyesalarini yodga olish kifoyadir. Shunga ko'ra aytmoq mumkinki, yozuvchi adabiyot maydoniga xalq g'amida kuyib-yonib kirib kelganlar. Xalqning taqdirini, kelajagini o’ylab  qayg'urganlar. «O'tkan kunlar» yozishgaham ana shu millat qayg'usi undagan bo'lsa kerak. 
Bayt: 
Yuz jafo gilsa manga bir qatla faryod 
aylamon, 
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram. 
(Hazrat Navoiydan) 
«Kumushni o'ldirib qo'ydim», deb yig'lagan 
ekanlar. Nazarimda yozuvchi Kumush ismli 
go'zal juvonning o'limidan emas, boshqa narsadan kuyib, yig'laganlar. Bu haqda bir ozdan so'ng batafsilroq mulohaza yuritmoqqa urinib ko'ramiz. Fikri ojizimcha, «O'tgan kunlar»ning birinchi va oxirgi jumlasi asarning asl mohiyatini belgilaydi: «1269-inchi hijriya, dalv oyining 17-inchisi, qishqi kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir...» «..O'zbek oyim qora kiyib, ta'ziya ochdi.» Shu jumlalarni ko'p o'ylayman. Nima uchun qish kuni? (Bahor yoki yoz emas?) Nima uchun atrofdan shom azoni (bomdod emas!) eshitiladi? Aytmog'ingiz 
mumkinkim, savdo ahli kunduzi ish bilan 

mashg'ul, karvonsaroyga shu paytda 
qaytadi, Otabekning huzuriga keluvchi 
mehmonlar shuni nazarda tutganlar. 
Shunday desangiz sizga yana bir savolim bor: ular bomdodda keluvlari ham mumkin edimi? Yoki, Marg'ilon katta shahar emas, Otabekni bironta rastada kunduzi 
uchratmoqlari ham ehtimoldan holi 
emasdir. 
«...Tevarakdan shom azoni eshitiladir...» 
Balki buning ramziy ma'nosi bordir. Balki yozuvchi aynan shom azonini ta'kid 
etganida faqat namozga chaqiriqni emas, 
boshqa narsani ham nazarda tutgandir? 
Har holda menga shunday tuyuladi. Shom 
- qorong'ulik bosib kelishidan bir darak. 
Dalvda kechalar uzun, yoruglik kamroq 
bo'ladi. Shom azoni yurt boshiga yopirilib kelayotgan qorong'ilik, zulmatdan ogoh 
etuvchi darak emasmikin? Donishmand adib «Hoy mo'minlar, kozlaringizni ochingiz, ostonangizda g'anim turibdi. Ittifoq bolmas ekansiz, yorug' kunlaringiz uzun tun kechalariga aylangusidir», demoqchi bolmaganmikinlar? Bu azon chaqirig'iga e'tibor berilmadi. Yozuvchi azon chaqirigini tilga olgach, uning izidan «namoz o'qildi», demaganlar. Faqat chaqiriqni bayon qilganlar. Hujradagilar esa o'z ishlari bilan mashg'ullar. Bu ham noittifoqlikka bir ishoramikin? Asarda azon chaqirilishi bir necha marotaba zikr etiladi. Ammo biron marta ham namoz tasviri berilmaydi. Ajab hol: azon chaqirilganu 
hamma dunyo tashvishi bilan band. Adib "qora kunlarning bostirib kirishiga diyonatsizlik sabab",demoqchi bo'lmaganmilar? Asarda nima uchun Otabekning onasiga «O'zbek oyim» deb ism qo'yilgan? Axirayollarda «O'zbek» degan ismni qariybuchratmaymiz-ku? (Shaxsan men hecheshitmaganman.) Nazarimda yozuvchi shuso'nggi jumla uchun ham «O'zbek oyim», 
deb qo'yganga o'xshaydilar. ..O'zbek oyim 
qora kiydi... Yurt xavfdan ogoh etuvchi 
chaqiriqqa etibor bermadi, hidoyatdan 
chekindi va oqibatda qora kiydi, aza ochdi. 
Qorong'i tunlarga kirib keldi. Yurtning qora kiyishiga sabab nima? Xudoyorxonning harbiy 
jihatdan qoloqligimi? Yo'q! Xalq orasida totuvlik yo'qligi asosiy sabab bo'ldi. Yozuvchi tarixni to'g'ri anglab, to'g'ri tahlil qilib, o'z xulosalarini dam ochiq tarzda, dam ramzlar orqali ifoda qilganlar. Asarning dastlabki boblarida o'qiymiz: «Menimcha o'risning bizdan yuqoridalig'i uning ittifoqida bolsa kerak,-dedi Otabek,- ammo bizning kundan kunga orqag'a ketishimizga o'z aro nizoimiz sabab bo'lmoqda, deb o'ylayman... Oramizda bu qo'rqunch holatni bahaqqi tushanadirg'an 
yaxshi odamlar yo'q, bilaks, buzg'uchi va niz'ochi unsurlar tomir yoyib, har zamon 
sodda xalqni halokat chuqurig'a qarab 
tortadirlar...» Diqqat qilaylik: bu gaplarni yigirma to'rt yoshli yigit - Otabek aytyapti. Mazkur satrlar yozilayotganda adib ham taxminan shu yoshda bolganlar. (Taxminan, deyishimizga sabab shuki, asar yozish g'oyasi Abdulla Qodiriyda ehtimol shu yoshlarida tug'ilgandir. Har holda ro'mon elon qilinganida u zot ottiz yoshlarda bolganlar. Otabek va Kumushga yosh jihatdan yaqin bo'lganlari uchun ham ularning dardu alamlarini bayon etishda birga yonib, birga kuygandirlar. Shuning uchun ham asarda yolg'on dard yo'qdir?) Otabek (nima uchun «Ota» «bek», buni ham mulohaza qilmog'imiz lozim.) - yurtning kelajagi. Lekin Otabek yurtning kelajagini yorug'likda ko'rolmaydi. 
«..Mozoristonda «hayya ala-falah» xitobinit kim ham eshitardi...» 
«...O'z Harazi yo'lida istibdod orqali el 
ustiga hukmron bolg'uvchilar yo'qotilmas 
ekanlar, bizga najot yo'qdir...» 
Yurt mozoristonga aylanayozgan, shunday joyda «najotga kelinglar», deb ming baqiring, kim o'rnidan turadi. O'liklar qanday najotga kelishi mumkin? Yozuvchi bunda jisman murdalarni emas, ruhi, milliy g'ururi o'lganlarni 
nazarda tutmadilarmikin? Asar yozilayotgan damlarda 1937 yilda boshlangan qirginga hali kop yillar bor edi. Lekin bo'lajak fojia bo'ronining shabadalari esa boshlaganini yozuvchi sezganlar. Chunki Behbudiy yoki Munavvarqoridek millat uchun qayg'uruvchi 
ma'rifatparvarlarning qatl etilishlari yaxshilikdan nishona emasdi. 
Yaqin kelajakda qirg'in bo'lajagini bilibmi, 
«buzg'uvchi va nizo'chi unsurlar tomir 
yoyib» borayotganidan xavotirlanadilar. 
«Buzg'uvchi va nizo'chi unsurlar»ning tomir 
yoyishi faqat Otabek yashagan davrgagina emas, balki undan keyingi davrlarga ham xosdir. Yozuvchi asar boshlanishida biz hozir 
«ijtimoiy muammo» deb aytayotgan 
muhim masalaga etiborni qaratadilar. 
Qora tunlar qayerdan boshlanishini ko'rsatadilar. Song bu muammo go'yo unutilganday tuyulib, ishqiy mojarolarga 
berilganday boladilar. Ishqiy mojaro hal etilganday tuyulgach esa yana o'sha ijtimoiy muammoga endi Yusufbek hoji ishtirokida qaytadilar. Qipchoq qirginini, undan Otabekning qanday larzaga tushganini tahlil etmay turaylik. Asosiy e'tiborni Yusufbek hoji so'zlariga qarataylik Yozuvchi endi dardlarini Yusufbek hoji tilidan qog'ozga to'kadilar: 
«…Burodarlar! O'rus ichimizdan chiqadirg'an 
fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yoga beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falonsan, 
qirilishsaq, holimiz nima bo'ladir. deb Siz o'z qipchog'ingiz uchun qabr qazigan fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadilar. Biz qipchoqqa qilich kotarganda, o'rus bizga to'p o'qlaydur...» Bunda qipchoqqa qabr qazildi, unda esa tobut tayyorlandi. Uzoq yillar chirimaydigan qilib tayyorlandi. Bunda birodarga qarshi qilich kotarildi, unda millatga garshi to'plardan o'q uzildi... Bu endi tarixiy haqiqat. Tarixni nima uchun organamiz, 
tarixiy voqealarni nima uchun eslaymiz?Boshqa bir xalqqa nisbatan adovat 
uyg'otish uchun emas, balki vaqtida yo'l 
qo'yilgan xatolarni anglash uchun, bu 
xatolarni takrorlamaslik uchun! Dastlabki 
noahillik bosqin bilan tugadi. Keyingisi ottiz yettinchi yil qirgini bilan... Yozuvchi 
va u zotning safdoshlari shu noahillikning qurboni bo'ldilar... O'zbekning hovlisi qadimda ikkiga bo'lingan edi. Ichkari va tashqari. «O'tgan kunlar» ro'moni ham shunga o'xshaydi. “Tashqari” tomoni bilan ota-bola so'zlari yordamida qisman tanishdik. Endi «ichkari»ga qaraylik-chi? O'zbek oyimning qora kiyishlariga sabab shu ichkaridan chiqar. Ramzlarni, ishoralarni 
tushunmoqqa urinib ko'raylik. Avvalo Kumush... Abdulla Qodiriy uni suyib-suyib yozganlar. Kumushni Otabek ko'proq 
sevar edimi yo Abdulla Qodiriy sevar edilarmi, degan muammoga men hanuz aniq javob topa olmayman. Har holda Abdulla Qodiriyning sevgilari buyukroq bo'lgandir. Yo'qsa, Otabek Kumushni bu qadar otli muhabbat bilan seva olmas edi. Yozuvchi Kumushda faqat go'zal malakni ko'rganmilar? Men o'zimcha yozuvchi 
Kumush timsolida go'zal Vatanni ko'rganlar, deb o'ylayman. Kumushga bo'lgan sevgilari Vatanga bo'lgan sevgilari edi, deb xayol qilaman. Kumushni biz dastlab ko'rganimizda u xasta edi. Ajabki o'shal zamonda yurt ham xasta edi. Otabekning muhabbati Kumushga dalda berdi, shifo berdi. Agar yurt o'g'lonlari 
Vatanga shunday muhabbatda 
bo'lganlarida edi, Vatan xastalikdan bosh 
ko'tararmidi… «..qo'l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini o'pib tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi, 
go'yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi... 
Ikkinchi, uchinchi qaytalab yuz yuvishida 
bu fitna tag'i ham kuchaydi...» Kumushning yuz yuvishi bayonida ham yashirin ma'no bormikin? Balki yozuvchi go'zal Vatan atrofidagi fitnalarni aytmoqchi bolgandirlar? Bu fitna faqat Kumush zamonasiga xos emas, undan keyin ham davom etdi. Vatanga egalik qilish uchun bir necha mamlakat urindi. Yozuvchi shularni nazarda tutmadilarmi ekan? 
Agar Kumush timsolida Vatanni nazarda tutgan bolsalar, u holda Kumushning o'limidan 
iztirobgatushganlari, yig'laganlarining sababi oydin bo'lar? Yozuvchi bir go'zal malakning o'limidan emas, Vatan kelajagining zaxarlanganidan qayg'uga berilmadilarmi ekan? Kumush o'ldi. Ammo uning o'g'li tirik. Demak, Vatan kelajagiga umid bor. Yozuvchining so'nggi so'zidan ma'lumki, Yodgorbekning bir o'g'li sho'rolar tomonida, ikkinchisi o'sha damda «bosmachi»deyilganlar tomonida ekan. Bunda ham ramz bordek ko'rinadi. O'sha yillari yurt o'g'lonlari ham ikkiga bolingan. Bir qismi bolsheviklar gapiga ishonib, ular tomonga otishgan. Boshqa bir qismi esa qarshi bolgan. Zamon akani ukaga g'anim qilib qo'ygan. Yozuvchi shularni o'ylab yig'lamadilarmi ekan Kumushning o'limi... Zaxarlanish... Bu turmushda uchraydigan oddiy kundosh 
rashki oqibatimi? Yurtni boshqaruvchi xon 
ahli fugaroni birdek kormadi. Qipchoq 
qirg'iniga fatvo berdi. Yusufbek hojining 
yig'lab aytgan so'zlarini yana eslaylik. 
Otabek har ikki xotiniga bir hil munosabatda bolmay, rashk otining alanga olishiga sharoit yaratib bermadimi? Xon fuqarosini urug'ga, qabilaga ajratmay, ittifoqqa da vat etsa, hatto kuch ishlatsa- da, totuvlikni barqaror saqlasa yurt xarobbo'larmidi? Otabek Zaynabdan mehrinidarig' tutmasa, u Kumushga zaxar 
berarmidi edi? 
Asarga «o'zbeklar turmushidan tarixiy 
ro'mon» deb izoh berilgan. «Sevishgan qalblar haqida» yoki «Muhabbat fojealari»... 
emas, aynan «o'zbeklar turmushidan», aynan shom azoni chagirilgan damdagi turmushidan. Shuning o'ziyoq bizni aysbergning quyi qismini organishga da vat etadi. Bu vazifani tabir joiz bolsa, bir hamlada uddalash mumkin emasdir. Ya'ni bir maqola yozish bilan uddalab bo'lmaydi. Hamonki, siz muhtaram o'quvchining diqqatini jalb etishga kirishgan ekanman, yana ayrim qirralarini aytib o tishim zarur. Ro'monda ortiqcha tasvir, bayon yo'q. Men har gal uni golga olganimda shuni o'ylayman. Asardan tushirib qoldirish 
mumkin bo'lgan joyni qidiraman. Yozuvchi 
yosh, buning ustiga birinchi yirik asari, hayajonga berilibmi yo tajribasizlik qilibmi 
keraksiz sahifalarni yozgandir deb o'ylayman. Bir safar usta Alimning hikoyasi g'oyat cho'zilgandek tuyuldi. Song shu hikoya olib tashlansa nima bo'lardi, deb oyladim. Keyin fikrlab ko'rsam, yozuvchi buni shunchaki hikoya sifatida ishlatmagan ekanlar. Saodatning o'limi faqatgina usta Alimning qayg'usini berish uchun olinmagan. Saodat oy-kuni yaqinlashganida qiynalib o'ldi. Ana endi Kumushning oy-kuni yaqinlagan damlarini va Otabekning havotirlarini eslaylik. Yoki Homidning Sayfiga (Saodatning ukasiga) 
yomon nazar, buzug niyat bilan qarashi 
oqibatida usta Alimning yangi do'kon 
qurishi, shu bahonada Farfining kelishi bayon etilgan sahifalarni varaqlaylik. Tugunning yechimi shu sahifalarda boshlanmaydimi? Demak, usta Alimning hikoyasi asarning ikki muhim nuqtasida ish beradi. Abdulla Qodiriy asarlarida har bir jumlaning o'z izmati bor. Asarning «Inqilob» bobidagi bir jumlaga 
e'tiboringizni tortay: Azizbek xalqqa uzr 
aytganda, uzri qabul bolmaydi. Unga qarshi aytilgan gaplar orasida shunday jumla bor: «Xanjaringni xayf ko rib mahallalarga chayon solig'i solgan, og'alarimizni chayon zahari bilan o'ldirgan kim edi?» Men necha marta o'qisam, shuncha marta bu jumlaga yetarli e'tibor bermabman. Ammo birodarimiz Rustam Tojiboyev bu jumlaga e'tiborni qaratib, kichik ilmiy tadqiqotni amalga oshiribdilar. Tarixiy asarlarni organib, Toshkent hokimi Azizbekning chindan ham mahbuslar ustiga chayon tashlab qiynab oldirgani, aholiga chayon solig'i solgani, odamlar paxsa devorlarni buzib chayon qidirishga majbur bolganlarini aniqlabdilar. Qarang, birgina jumla faqat Azizbekning yaramas qiliqlarini bayon eta qolmay, balki tarixiy bir haqiqatni ham o'ziga singdirgan. 
Yoki... asar boshlaridayoq Homidning shakli-shamoyili, fel-atvorining tasviriga alohida e'tibor beriladi. Homid - o'ttiz besh yoshlardagi ko'rimsiz odam. "…uning 
shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo'lmay 
«Homid xotinboz» deb shuhratlangan». Holbuki uning ikkita xotini bor. U zamonlarda ko'pxotinlik ayb emas, sunnat sanalgan. Nima uchun Homidga «xotinboz» laqabi tirkaldi, Mirzakarim qutidorning qizi haqida gap ketsa nima uchun «Homidning chehrasi buzildi... bir 
turli vaziyatda jiyaniga qaradi... Yuzidagi boyagi holat yana ham kuchlanib...»toqatsizlandi? Bu holatlar bayoni bekorga 
tilga olinmagani keyinroq borib malum 
bo'ladi. «Bu kungacha ikki xotin o'rtasida turib janjalga to'ymagan» Homidning xotinni uchta qilish o'yi borligi ham bekorga aytilmagan. Chunki uchinchi xotin uning o'yicha - Kumush bo'lishi kerak edi. 
Homid magsadiga erishmoq uchun hech 
narsadan qaytmaydi. Homid o'ttiz yettinchi 
yildagi «xolis xizmat qiluvchi» «do'st»larni 
eslatmaydimi? Asarda Homid yengilgan 
edi, hayotda esa... 

Asar nimalari bilan diqqatga loyiq? Eng avvalo lutfi bilan, qahramonlarining odobi bilan, shunday emasmi? Bir jumlaga 
e'tiborni qarataylik: Rahmat Otabekka 
qarab: «vaqtsiz kelib sizni tinchsizladik», 
deganida Otabek: «….tinchsizlamadinglar, 
bilaks, quvontirdingizlar... shahringizga birinchi marta kelishim bolgani uchun 
tanishsizlik, yolg'izlik meni zeriktirgan edi», 
deb javob qiladi. Shu orinda «birinchi marta kelishim», degan so'zlarga diqqat qilaylik. Otabek bu yerda shunchaki emas, birinchi marta kelgani uchun zerikdi. Agar shunchaki zerikdim, desa mezbonlarga malol kelar, balki ularga malomat, gina bo'lardi. «Shahringiz zerikarli ekan», degan mano ham chigardi. Otabek bu yerda ham lutf qildi, ham uning Marg'ilonga birinchi kelishi o'quvchiga ma'lum boldi. Yoki Otabek Hasanaliga ish buyurishdan avval «tuzukmisiz ota?» deb ahvol so'raydi. «- Ba'zi ishlarni buyursam... 
Buyuringiz, o'g'lim. Rahmat ota, bo masa bizga choy qaynatib bersangiz-chi. 
Xo'b, begim...» Shu qisqa savol-javobda odobning olly cho'qqisi ko'ringan. Otabek Hasanaliga «ota», deb murojaat qilganida u «o'g'lim», deb javob berdi. Otabek ish buyurganida esa «begim», dedi. Bu yerda faqat Otabekning lutfi emas, Hasanalining odobi, ziyrakligi, fahmi ham aks etgan. Yoki, «bu kishi kimingiz bo'ladi?» degan savolga Otabek darrov javob bermaydi. «Hasanalini hujradan uzoqlatib, songra javob berdi: - qulimiz». Otabek bu o'rinda to'g'ridan to'g'ri shunday deganida Xasanali ranjimas edi. Chunki u qulligini unutgan emas. «Xo'b, begim», deyishining oziyoq bunga dalil. Otabek islomiy odob egasi bolgani uchun ham Hasanalini hujradan uzoqlatib aytdi bu 
gapni. Soz islom va iymon haqida borar ekan, aytmoq joizki, asarda iymonlilar (Otabek, 
Yusufbek hoji...) va iymonsizlar (Homid, 
uning sheriklari, Azizbek) kurashi mavjud. 
Yozuvchi falonchi iymonli, falonchining 
iymoni sust, degan sozni ishlatmaydi. Buni qahramonlarning so'zlari, harakatlari ayon 
etib turadi. Hayotda chin musulmon bolish, mustahkam iymon egasi bolish juda og'ir. Namoz o'qigani bilan darrov iymonli bola qolmaydi odam. Homidlar, azizbeklar ham ozlarini musulmon sanashgan, namozlarini o'gishgan, ammo iymondan uzoq bo'lishgan. Balki o'ttiz yettinchi yilda do'stlarining qo'llariga kishan urib berganlar ham o'zlarini musulmon sanashgandir. Balki keyinroq gunohlarini anglab, tavbalar qilishgandir... 
Balki... 
Bayt: Chand boshi zi maosiy mazakash, Tavba ham bemaza nest bi chash. 
(Ma'nosi: Qachongacha gunoh ishlardan 
zava olasan, tavba ham bemaza emas, undan ham totib kor. «Boburnoma»dan) 

Va nihoyat, qatag'onning umri tugadi. 
Yozuvchining nomi oqlandi, asarlari hibsdan ozod bo'ldi. Qariyb yigirma yil Abdulla Qodiriyning asarlarini qolga olish man etildi. Bu asarlarni o'qiganlar jazoga tortildi. Gunohdan qo ramaganlar kitoblarni yoqib yuborib, jon saqlashdi. Ko'pchilik esa 
kitoblarni sandiqqa solib, yerga ko'mdi. 
Qo'shsinch devor orasiga olib suvab tashladi - yoqib tashlashga ko'ngli bolmadi. Ayrimlar esa hech narsadan qo'rqishmadi. Saqlanib qolgan kitoblar qo'lma-qo'l bo'lib o'qilaverdi. 
Haqiqat ro'yoga chiqa boshlagach, 
Abdulla Qodiriy ijodiga munosabat ham o'zgardi. Izzat Sulton birinchilardan bo'lib yozuvchi ijodi haqida maqola yozdilar. Va... 
tanqidga uchradilar. Abdulla Qodiriy ijodiga 
haddan tashqari yuqori baho berishda ayblandilar. «Otgan kunlar» Sarvar Azimov tahriri ostida kitob holida nashr etildi. 
Nashrga juz'iy o'zgartirishlar kiritildi. Ayrim 
jumlalar qisqartirildi. Hozir, oradan qira yil 
otib, bemalol erkin fikrlashimiz, kimnidir, 
nimanidir ayblashimiz oson.Shuni unutmaylikki, elliginchi yillarning o'rtalarida 
bir dohiy o'lgani bilan tuzum yashamoqda, tuzum yangi dohiyni minbarga kotarmoqda edi. «Sotsialistik realizm», milliy masala», «kommunizm»... degan tushunchalar avvalgi dohiy davrida qanday bolsa, keyin ham o'sha holda kun tartibida turar edi. Yani tuzum imorati saqlangan, faqat u yer bu yerdagi kochgan suvoq o'rinlari qayta suvalayotgan edi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, Abdulla Qodiriy va uning do'stlari qollariga kishan urib berganlar hayot edilar. Ular ayblarini 
bo'yinlariga olib, osonlikcha chekina olmasdilar. Shunga ko ra asarni asl holicha chiqarish imkoni u davrda yo'q edi. Bir 
necha jumla olib tashlanmasa, asar butunlay chiqmasdan qolishi mumkin edi. Har narsaning vaqti, soati bolganidek, O'tgan kunlar» ham vaqti kelib,asl holicha, yozuvchi hayot ekanliklaridagi nashrga asoslangan holda kitob qilindi. Bu ishni yozuvchining nabiralari, Habibullo Qodiriyning o'g'illari Xondamir Qodiriyamalga oshirdi. Alqissa... 
«O'tgan kunlar» yetmish yil umr ko'rdi. 
Yetmish yil azobli, uqubatli umr kechirdi. 
Yetmish yil bu asar uchun sinovli yillar boldi. Asar sinovdan otdi. Abadiyat martabasini oldi... Ma'zur tuting, so'zim bir oz cho'zildi. Men ilmiy maqola yozishga da'vogar emasman. Asarni o'qiganda konglimdan kechgan fikrlarni bayon qildim. Abdulla Qodiriy ijodini o'rganish bo'yicha olimlarimiz ancha ish qilishgan. Qilingan barcha ishlarni 
«debocha» desam ranjimaslar. Xorijda 
suyukli yozuvchilari ijodini o'rganuvchi maxsus institutlar bor. Bu institutlar har yili 
yozuvchi ijodiga bagishlangan kitoblar, 
jurnallar chiqarishadi. Pushkin vafotidan 
keyin uning jodini o'rganish bilan shug'ullangan olimlar soni sanalsa shoir yaratgan sheriy satrlar sanog'idan ham 
kop bo'lsa ehtimol. Shoir ijodiga 
bag'ishlangan kitoblar taxlab chiqilsa, 
Kremldan ham balandroq bolar... Shularni mulohaza qilib ham ishlarni «debocha» 
dedim. Xudoga shukr, Abdulla Qodiriy muzeyi barpo etildi. Endi ilmiy kuchlar shu muzey atrofida to’plansa, kelajakda 
«Qodiriyshunoslik instituti» ham vujudga 
kelar. Yashi niyat - yarim mol. Yaxshi niyat qilaveraylik. 1994 yil. Tohir Malik.

29-aprel, 2023

Bu kitobni o'qimasdan, uning ichida yashamasdan turib kitobxon deyishlik xato!

O'tkan kunlar tarixiy roman. Asar orqali, davr odamlarining hayoti turmush tarzini o'rganish mumkin. Ayniqsa, muhim tarixiy voqealarda ularning qanday xatti-harakat amalga oshirganini bilib olish mumkin. Uning tarixni o'rganishdagi ahamiyati haqida ushbu maqolani ilova qilaman. 

Iqtiboslar

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz