To'lganoy

Taqrizlar

27-may, 2023

Jadid adabiyotidan o'qisam, 100 yil oldingi muammolarimizga hali ham o'ralashib yurganimizni o'ylab, ichim o'g'riydi. Hikoya ham ilmsiz imom, “Oxund domla” haqida. “Domla”mizning “fatvo”lari hokimiyat tepasiga keladiganlarga qarab o'zgarib boradi, amalida o'tirsa bo'ldi-da! “Hurriyat”, “saylov” kabi zamonaviy tushunchalar yuragini o'ynatadi.

Birinchi zamonaviy detektiv hikoya, janr ishqibozlari uchun juda ham qiziqarli yozilgan. G'ayrioddiy ikki qotillik va g'ayrioddiy qotil. Asarda Oygust Dyupenning boy tasavvur va mushohada etish qobiliyati e'tiborni tortadi. Qotillik qanchalik og'ir bo'lmasin, u insonlarning hech qanday manfaat to'qnashuvi uchun qilinmaydi, shu sababli ham ko'ngilda vahima tuyg'usini uyg'otmaydi. Bir nafasda o'qish mumkin.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz