Abdulhamid Cho‘lpon

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.4
Reyting
Janrlari:
hikoya drama roman

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon (Yunusov) 1897-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. Dastlab madrasada (1908–12), so‘ngra rus-tuzem maktabida (1912–14) taxsil olgan. She’riy asarlari «O‘zbek yosh shoirlari», «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926) va «Soz» (1935) to‘plamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda e’lon qilingan. 20-yillarda yozgan «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» tsingari hikoyalari o‘zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. «Kecha va kunduz» (1936) romani hamda «Yorqinoy», «Xalil farang», «O‘ldiruvchi» (1921), «Sevgi va saltanat», «Cho‘pon sevgisi» (1922) kabi pesalari ham bor (bu asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan). Uning tarjimasidagi U. Shekspirning «Hamlet» tragediyasi o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi. U 1938-yil 14-iyul kuni hibsga olinib, ko‘p o‘tmay, Toshkent shahri atrofida otib tashlangan. Vafotidan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va «Mustaqillik» ordeni (1999) berilgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz