Antuan de Sent-Ekzyuperi

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.4
Reyting
Janrlari:
qissa roman

Antuan 1900-yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chogʻlarida juda shoʻx, oʻta qiziquvchan boʻlib, oʻchoqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveysariyada va Parijda oʻqigan. 12 yoshida mashhur fransuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi boʻlishni orzu qiladi.
1919-yilda Antuan Parijdagi Sanʼat maktabining arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirib, ikki yildan soʻng, 1921-yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926-yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi “Latekayer” aviakompaniyasiga ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944-yil 31-iyunda bazaga qaytib kelmaydi.
Uning qachon va qayerda halok boʻlganligi soʻnggi kunlargacha sir boʻlib keldi. 2004-yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirgʻoqlariga yaqin joyda “Layting – 38”ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.
Uchuvchi yozuvchidan “Janubiy pochtachi” (1928), “Kichkina shahzoda” (1942), “Tungi uchish” (1931), “Bashar sayyorasi” (1939), “Harbiy uchuvchi” (1942) va tugallanmay qolgan “Qalʼa” kabi asarlar qolgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz