Asqad Muxtor

image
11
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.3
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya roman

Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1980). Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Dastlabki dostoni – “Bizning avlodlar” (1939). “99 miniatyura” (1962), “Sheʼrlar” (1966), “Sirli nido” (1984) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. “Boʻronlarda bordek halovat” (1976) qissasi hamda “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1969), “Amudaryo” (1986) kabi romanlari bor. “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Chin yurakdan” (1956), “Dunyo bolalari” (1962), “Ildizlar”, “Jar yoqasidagi chaqmoq” (1984), “Kumush tola” (1988) singari asarlari bolalarga bagʻishlangan. “Tong bilan uchrashuv” (1987) pyesalar toʻplami nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1997-yil 17-aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz