Frans Kafka

image
8
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
3.7
Reyting
Janrlari:
hikoya roman

Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida Praga shahrida tug‘ilgan. Otasi o‘z mehnati tufayli shaharda kichikroq bir fabrikaning egasi bo‘lgan. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901 – 1905-yillarda Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ma’ruzalar tingladi. 1906 – 1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi. 1907-yilning oktyabridan boshlab xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shundan so‘ng u turli kam ish to‘lanadigan tashkilotlarda ishlagan. 1917-yilda Kafka sil kasaliga duchor bo‘ladi, 1922-yilda nafaqaga chiqadi. 1923-yili Berlinga ketadi, lekin sog‘ligining yomonlashuvi sababli Pragaga qaytishga majbur bo‘ladi. Frans Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etadi. Asarlari: «Bir kurash tarixi» (1902-1903, birinchi asari), «Qurilish» (1923, oxirgi asari), «Amerika» (1911-1916, birinchi romani), «Jarayon» (1915-1918, ikkinchi romani), «Qo‘rg‘on» (1921-1922, oxirgi romani), «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi», «Otamga xat» va boshqalar.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz