G‘afur G‘ulom

image
7
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.4
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya komediya pyesa

G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956–59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» tsingari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz