Mixail Bulgakov

image
7
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
3.9
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya roman komediya

Mixail Afanasevich Bulgakov (1891. 3(15). 5, Kiyev – 1940. 10. 3, Moskva) – rus yozuvchisi. Kiyev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk toʻplami “Iblisnoma”da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab boʻladi. “Oq gvardiya” (1925– 27) tugallanmagan romani mavzusi asosida “Durbinlar kuni” pyesasini yozadi (1926-yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida “Qochish” (1926-28; 1957-yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish, “oqlar” harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. “Zoykaning uyi” (1926-yilda sahnalashtirilgan), “Baxmal orol” (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi, Gogolning “Oʻlik jonlar” (1932) asarini sahnalashtiradi. “Janob de Moler hayoti” biografik povestida (1932–33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov “Usta va Margarita” romani ustida ishlaydi (1966– 67-yillarda nashr etilgan). “Ityurak” asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. “Usta va Margarita” Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1987).

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz