Nodirabegim Ibrohimova

image
8
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Nodirabegim Ibrohimova – 1989-yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2011-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Qisqa hikoyalari Rossiya, AQSh, Hindiston, Turkiya turli nashrlarida bir necha bor e’lon qilingan. Yozuvchilar uyushmasining 2016-yilgi «Iste’dod maktabi» VIII yosh ijodkorlar seminari nasr yo‘nalishi ishtirokchisi. Ijod fondi tomonidan 2017-yilda «Yoningdagi baxt» hikoyalar to‘plami 10 ming nusxada chop etilgan.
Shuningdek, «Jodugar yoxud ming yillik hayot» va «Zulm va muhabbat» nomli mualliflik qissalari, «Dunyodagi eng baxtli odam», «To‘y sovg‘asi», «Hayotning besh tortig‘i» nomli tarjimalar to‘plami nashr etilgan.
2018-yilda chop etilgan «Mitti hikoyalar: kecha va bugun» nomli kitobning to‘plovchisi va so‘zi boshchisi. 2018-yilda «Amarantus» adabiy agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan «Eng yaxshi tarjima» nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan. 2017-yil noyabr oyida Shvetsiya davlatida o‘tkazilgan «Evropa ochiq adabiyot festivali va kitob forumi»da finalchilar qatoridan joy olgan. Shu yil so‘nggida Yoshlar ittifoqi mukofotining nasr yo‘nalishi bo‘yicha «Yilning eng yaxshi yosh ijodkori» yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz