Onore de Balzak

image
6
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.5
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya roman

Fransuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzakning koʻpgina romanlari va povestlari umumiy gʻoya asosida birlashtirilgan va “Inson komediyasi” deb nomlangan koʻp jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzak oʻz zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. “Inson komediyasi”ni muallif 3 qismga boʻlgan: “Odatlar haqidagi etyudlar”, “Falsafiy etyudlar”, “Analitik etyudlar”. Oʻylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi “Odatlar haqidagi etyudlar”dir, unga 72 ta roman kirgan boʻlib, bular orasida – “Gobsek” (1830), “Evgeniya Grande” (1833), “Gorio ota” (1834), “Yoʻqotilgan orzular” (1837–43) kabi asarlar bor. Balzak ijodida fransuz realizmi oʻzining yuksak pogʻonasiga koʻtarildi. “Inson komediyasi” epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bogʻlangan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxoʻr Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga oʻta boradi. Balzakning “Inson komediyasi” epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor boʻlgan. Balzakning “Evgeniya Grande”, “Gorio ota”, “Gobsek”, “Sagʻri teri tilsimi” asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Mahmudov va boshqa tarjimasida turli yillarda oʻzbek tilida nashr etilgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz