Paulo Koelo

image
8
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
3.5
Reyting
Janrlari:
hikoya roman rivoyat

Paulo Koelo bugungi jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan. U Braziliyada yashaydi, portugal tilida ijod qiladi. Uning romanlari jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. XX asrning 90-yillarida yaratilgan “Alximik” va “Beshinchi togʻ” romanlari, ayniqsa, katta shuhrat qozondi.“Alximik”ni ajoyib ibratli ertak, deb ham atashadi. Adibning oʻzi yozganidek, romanda hikoya qilingan yosh choʻpon yigit Santyagoning sayohati bilan bogʻliq voqealar asosida yotgan tub maʼno-mazmun – bu “oʻz Taqdiring” tushunchasidir. Asar qahramoni Santyago oʻz orzu-niyati yoʻlida vatani Andaluziya (Ispaniya)dan Misrga safarga otlanar ekan, bu yolda turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi, xilma-xil odamlarga duch keladi, ulardan gʻaroyib pand-nasihatlar, rivoyatlar eshitadi. Koeloning roman, antalogiya, hikoya, ertak-hikoyalardan iborat 16 ta kitobi mavjud. Uning dunyoning koʻpgina tillarida chop etilgan kitoblari umumiy tiraji 300 milliondan oshadi. Uning “Alximik” asari oʻzbek tiliga biratoʻla uch ijodkor – Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Saidlar tomonidan tarjima qilingan. Asarlari: “Ziyorat” yoki “Sehrgarlar kitobi” (1987), “Alximik” (1988), “Brida” (1990), “Valkiriyalar” (1992), “Maktub” (1994), “Riyo Pedro qirgʻogʻida…” (1994), “Beshinchi togʻ” (1996), “Dunyolar jangi kitobi” (1997), “Paygʻambarning ishqiy maktubi” (1997), “Veronika oʻlishga qaror qildi” (1998), “Shayton va Prim xonim” (2000), “Otalar, bolalar va bobolar” (2001), “Oʻn bir daqiqa” (2003), “Zohir” (2005), “Portobellolik jodugar” (2007), “Gʻolib bir oʻzi qoladi” (2008), “Alif” (2011), “Daryo kabi” (2012).

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz