Pirimqul Qodirov

image
14
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.5
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya roman tarixiy roman to'plam

Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengkoʻl qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1988). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). Oʻrta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi – “Studentlar” (1951). “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1979), shuningdek, maʼnaviy-axloqiy masalalarga bagʻishlangan “Najot” (“Baxillar va botirlar”, 1980) qissalari nashr etilgan. “Uch ildiz” (1958), “Qora koʻzlar” (1966), “Olmos kamar” (1976), “Yulduzli tunlar” (1979, ushbu asarning davomi “Avlodlar dovoni”, 1989), “Ona lochin nidosi” (2000) kabi romanlar muallifi. Oʻzbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar (“Til va dil”, 1972 va boshqa) hamda 2 jildli “Adabiyot nazariyasi” uchun “Adabiy asarning tili” va “Adabiy jarayon” boblarini yozgan. “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi, “Yulduzli tunlar” romani va “Jon shirin” hikoyasi asosida koʻp seriyali videofilmlar suratga olingan. Pirimqul Qodirov 2010-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari va “Shuhrat” medali (1994) bilan mukofotlangan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz