Safar Kokilov

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
hajviya hikoya

Safar Kokilov 1952-yil 15-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Kichik Jonchekka qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974-yili O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot oliygohini (SAMPI) tamomlagan. Ayni paytda Uzun tumani tibbiyot birlashmasi shoshilich tibbiy yordam markazida xizmat qiladi. Oliy toifali bolalar shifokori. Uning «Yosh bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish» (1997),  «Sog‘lom tug‘ilgan chaqaloq chilla davri» (2000) tibbiy qo‘llanmalari, «Quruq xavas» (1997),  «Beaql chumoli” (2002) hajviy hikoyalar to‘plamlari, «Najot farishtalari» hikoyalar to‘plami (2002), “Shifokor” qissa va hikoyalar to‘plami (2007) chop etilgan. Safar Kokilovning ikki jildlik “Saylanma”si (“Aybdor kim?” hajviy hikoyalar, “Saylanma” 1-jild, 2008-yil; “Shirin bu hayot” qissalar, “Saylanma” 2-jild, 2010) nashr etilgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz