Tog'ay Murod

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.7
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya roman badia

Togʻay Murod (Mengnorov Togʻaymurod) 1948-yil 3-fevralda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Birinchi yirik qissasi – “Yulduzlar mangu yonadi” (1976). “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980), “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi qissalari nashr etilgan. “Otamdan qolgan dalalar” (1993, ushbu asar asosida badiiy film yaratilgan, 2001), “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” (2001) romanlari muallifi. Jek Londonning “Boyning qizi” dramasi va hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning “Yovvoyi yoʻrgʻa” qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Yozuvchi 2003-yil 27-mayda Toshkent shahrida vafot etgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1994).

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz