Xudoyberdi To‘xtaboyev

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.7
Reyting
Janrlari:
drama roman ertak

Oʻzbek bolalar adabiyotining koʻzga koʻringan vakili Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932-yilda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻildi. Uning bolalik va oʻsmirlik yillari urush davriga toʻgʻri keldi, ota-onadan erta yetim qoldi. Yozuvchi oʻrta maktabni tugatib, ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya boʻlimiga oʻqishga kiradi. Talabalik yillaridanoq badiiy ijodga qiziqadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oliy oʻquv yurtini tugatgach, “Toshkent haqiqati”, “Qizil Oʻzbekiston” roʻznomalarida, “Guliston”, “Gulxan”, “Sharq yulduzi”, “Yosh kuch” oynomalarida, “Kamalak” nashriyotida ishladi, “Oltin meros” respublika jamgʻarmasiga rahbarlik qildi. Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya toʻplamlarini, qissa va romanlarini yaratdi. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Shoshqaloq” 1961-yilda eʼlon qilindi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” (1982) unvoni sovrindori, Oʻzbekiston xalq yozuvchisidir (1991). Asarlari: “Sehrli qalpoqcha” (Bu asarda voqealar qahramon tilidan bayon etilgan), “Sariq devni minib” (1968, jami 24 tilga tarjima qilingan), “Sariq devning oʻlimi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yoʻllar” (1983), “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida” (1986), “Mungli koʻzlar”, “Sir ochildi” (1964), “Omonboy va Davronboy sarguzashti”, “Jannati odamlar” (1996), “Shoshqaloq”, “Soʻqmoqlar” va boshqa.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz