BiblioManiacuz

BiblioManiacuz
My blog: https://t.me/BiblioManiacuz

Taqrizlar

Onore de Balzak “Gʻoyib boʻlgan durdona”

Bu hikoyada yozuvchi ijodkorning qanchalik ijod olamiga shoʻngʻib ketishi mumkinligini toʻla-toʻkis koʻrsatib bera olgan. Keksa rassom 10 yillab vaqtini oʻz asarini mukammallashtirish uchun harakat qiladi. Turli xil buyuk rassomlar yaratgan sanʼat durdonalarini sinchiklab oʻrganadi. Quyosh nuri jismga tushgandagi holatni kartinasida ideal tarzda aks ettirish uchun 7 yil izlanadi, oʻrganadi. Inson tanasini oʻz asarida jonlantirish uchun juda koʻp mehnat qiladi. Yakunda esa sanʼat tufayli telbaga aylanadi. Balki, haqiqiy ijodkor shundoq boʻlmogʻi kerakdir. Asardagi yana bir yosh rassom esa tasviriy sanʼatda shuhratga erishish uchun sevgisini qurbon qiladi. Haqiqiy sanʼat bebahodir, lekin chin muhabbat oldida keraksiz matoh. 

Hikoyada ijodkor shaxsining koʻp xilqatlari yaqqol ochib berilgan. Sanʼat ustasi sanʼat tufayli telbaga ham aylana oladi, kezi kelganda esa sevgisidan ham, boyligidan ham kecha oladi. Lekin oxir oqibatda yolgʻizlik oʻz iskanjasiga olishi mumkin. Ammo, u yaratgan sanʼat asari butun dunyoni lol qoldirishini hisobga olsak, qurbon qilinganlar bunga arziydimi? Bu savolga har kimning oʻz javobi bor…

Farruxbek•Matkarimov(BiblioManiacuz)

​​"Butun shahar aholisi ekranlarga tikilgancha oʻtirarkan, ularga yaqinlashib kelayotgan xavfni hech biri sezmasdi"

Rey Bredberining "Farengeyt boʻyicha 451" asari ilk bor bundan 70 yilcha oldin dunyo yuzini koʻrdi. Shunday boʻlsa ham kitobda yozilgan voqealar sizga koʻproq hozirgi davrni eslatadi. 

Monteg ismli o't oʻchiruvchi aslida "fikrlarni" olovda kuydirish bilan shugʻullanardi. U oʻt oʻchiruvchilar qachonlardir olovni oʻchirish bilan shugʻullanishganini xayoliga ham keltirmaydi. Xuddi robotdek savol bermasdan, bir xil hayot tarzi. Har bir inson manipulyatsiya qilingan. Ozchilik fikrlaydiganlar doimiy kuzatuv ostida. Kitoblar ta‘qiqlangan. Ularning taqdiri soʻzsiz olov bilan tugashi tabiiy holdek koʻrinardi. Lekin, bir kuni Monteg fikrlashni boshlaydi, bunga oʻsha tundagi voqea sabab boʻlgan edi. Aniqrogʻi, oʻsha oʻsmir qiz... Davomi kitobda:)

Kitobni oʻqish vaqtida oʻzingizni xuddi  boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz. Goʻyo, parallel olamda boʻlayotgan voqealardan xabar topayotgandek his qilasiz. Menimcha, bunga sabab kitobdagi holatlar hozirgi davrga juda oʻxshab ketishidir.

Nazarimda, ushbu asarni hozirgi davrda har bir inson oʻqishi kerak. Negaligini bilmoqchi boʻlsangiz kitobni oʻqib koʻring. Albatta, javob topasiz;)

Farruxbek•Matkarimov(BiblioManiac)

6-avgust, 2023

​​“Oʻtmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi, bugunni boshqargan oʻtmishni ham boshqaradi"

1984 asari birinchi marta 1949-yilda nashrdan chiqqan. Kitob nomidagi oxirgi 2 ta raqamni almashtirib koʻrsangiz qaysi totalitar tuzum haqida gap ketayotganini darrov anglaysiz. 

Ushbu anti-utopik asarda totalitar tuzumning qanday ishlashi boʻrttirilgan shaklda koʻrsatib berilgan. Syujetga koʻra, partiyaning oddiy aʼzosi Uinston Smit fikr jinoyatini qila boshlaydi. Keyinchalik fikr jinoyatidan real jinoyatga oʻtadi. Albatta, bu jinoyatlar faqatgina oʻsha tuzum uchungina jinoyat hisoblangan. Davomi... Judayam qiziq!

Lekin, spoylerlik yomon odat, shuning uchun qolganini oʻzingiz oʻqib olasiz;)

Ketma-ket anti-utopik asarlarni oʻqiyapman. Bu kitoblar jamiyatga va siyosatga boshqa koʻz bilan qarashimga imkon beryapti. Endi jamiyatimizdagi voqealarni koʻrib tez-tez ushbu asarlarni eslashni boshlayapman...

Jorj Oruellning bu kitobini dunyoqarashi kengayishini istaydigan har kim oʻqishi lozim, deb oʻylayman.

Bu kitob soʻzsiz shaxsiy reytingimda Top 3ga kirdi.

https://t.me/BiblioManiacuz

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz